Janubiy Afrika Respublikasidagi Freestyle Chess Grand Slam musobaqasida bellashuvlar qizg‘in pallaga kirgan. Mukofot jamg‘armasi 660 ming dollar bo‘lgan turnirda dunyoning eng kuchli 8 nafar shaxmatchisi — Javohir Sindorov, Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Vincent Keymer, Arjun Erigaisi, Levon Aronyan, Hans Niemann va Parham Maghsoudlu g‘oliblik uchun kurashmoqda.
4-turda O‘zbekiston termasining ikkinchi raqamli shaxmatchisi, 2025 yilgi Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindorov qora donalarda amerikalik Fabiano Karuanani ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Bu Sindorovning musobaqadagi uchinchi g‘alabasi bo‘ldi.
U avvalgi turlarda Magnus Karlsen va Parham Maghsoudlu ustidan zafar qo‘lgan, Vincent Keymer hamda Arjun Erigaisiga qarshi durang qayd etgan edi. Hozircha 5 uchrashuvdan 4 ochko to‘plagan Sindorov Levon Aronyan bilan birgalikda musobaqa hisobida peshqadamlik qilmoqda.
Javohir Sindorov 6-turda AQSh vakili Hans Niemanga qarshi o‘ynaydi. Turnir 8–11 dekabr kunlari Keyptaunda bo‘lib o‘tmoqda.






