AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni qanchaga etgani ochiqlandi

2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, mamlakatta jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari soni sezilarli oshgan.

'Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni qanchaga etgani ochiqlandi'ning rasmi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 725,9 ming dona avtomobil ro‘yxatda turibdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 415 mingdan ortiq mashinaga ko‘paygan.

Transport vositalarining asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etadi — ularning ulushi 92,9 foizni yoki 4 mln 392,4 ming donani tashkil qildi. Shuningdek:

– yuk avtomobillari — 312,7 ming dona; – mikroavtobuslar — 7,5 ming dona; – maxsus texnikalar — 7,3 ming dona; – avtobuslar — 6 ming dona.

Mutaxassislar fikricha, avtomobillar sonining bunday sur’atlarda o‘rtishi infrastruktura va yo‘l harakati boshqaruvida yangi talablarni yuzaga keltiradi.

    Boshqa yangiliklar