AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda qashshoqlik darajasi 8,9 foizdan 4,5 foizga tushiriladi

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda mavjud imkoniyatlardan yetarlicha foydalanilmayotgani va ayrim hududlarda sustkashlik kuzatilayotgani qayd etildi.

'Oʻzbekistonda qashshoqlik darajasi 8,9 foizdan 4,5 foizga tushiriladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalarni ishsizlik va qashshoqlikdan xoli hududlarga aylantirish, aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda mavjud imkoniyatlardan yetarlicha foydalanilmayotgani va ayrim hududlarda sustkashlik kuzatilayotgani qayd etildi. Shuningdek, “mahalla yettiligi” faoliyatini baholashning aniq mezonlari yo‘qligi va ularning mas’uliyatini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Mahallalarda ishsizlik va qashshoqlikni kamaytirish uchun ularning muammolari va rivojlanish nuqtalarini aniklab, manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi. Aholining murojaatlarini bevosita mahallalarda hal etishga alohida e’tibor qaratish vazifasi belgilandi. Og‘ir toifadagi mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, elektr ta’minoti, internet, tomorqa imkoniyatlari kabi yo‘nalishlarda qo‘shimcha choralar ko‘rish ko‘zda tutilmoqda.

Yig‘ilishda mamlakatda qashshoqlik darajasi joriy yilda 8,9 foizdan 6 foizga, kelgusi yilda esa 4,5 foizga tushirilishi rejalashtirilayotgani qayd etildi. Buning uchun bandlik xizmatlari qamrovini kengaytirish, daromad manbalari yaratish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks vazifalar belgilandi. Shuningdek, inklyuziv bandlik, mahalliy brendlar yaratish, tomorqa va suv ta’minotini yaxshilash, eksportchi kooperativlar kabi qo‘shma dasturlar orqali 1 millionga yaqin qashshoq aholini qamrab olish ko‘zda tutilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2025 22:03

    'Chirchiqda ko'ptokni olmoqchi bo'lgan 15 yoshli bola cho'kib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2025 21:09

    Chirchiqda ko'ptokni olmoqchi bo'lgan 15 yoshli bola cho'kib ketdi

    Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga xabar berdi.

    'Havo tozalanaotgan boʻlsa ham Ekoreydlar oʻtkazish toʻxtatilmadi'ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2025 18:42

    Havo tozalanaotgan boʻlsa ham Ekoreydlar oʻtkazish toʻxtatilmadi

    Avvalroq Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish bo‘yicha Prezident topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida maxsus komissiya tuzilgan edi.

    'Yuqori Chirchiqda buvi va nevara is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2025 17:41

    Yuqori Chirchiqda buvi va nevara is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi

    Uch nafar oila aʼzosi hushsiz holda topildi, faqat bittasining hayoti saqlab qolindi.

    'Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va agrar sohani subsidiyalash bo‘yicha yangi rejalar muhokama qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2025 17:05

    Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va agrar sohani subsidiyalash bo‘yicha yangi rejalar muhokama qilindi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev paxtachilik va g‘allachilikni moliyalashtirish, shuningdek, agrar sohada subsidiyalarni ajratishning yangi mexanizmlariga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.

    'Bankrotga uchragani aytilayotgan Humans o'z ilovasiga ulangan kartalardan ommaviy ravishda pul yechib oldi'ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2025 15:21

    Bankrotga uchragani aytilayotgan Humans o'z ilovasiga ulangan kartalardan ommaviy ravishda pul yechib oldi

    Markaziy bank holat yuzasidan tezkor tekshiruv ishlari boshlandigini ma’lum qildi.