AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus va Haval urib ketgan piyoda voqea joyida halok bo‘ldi

Mirzo Ulug'bek ko'chasida kechasi sodir bo'lgan YTHda avtobus zarbasidan yo'lning qarama-qarshi tomoniga yiqqilgan piyodani Haval ham bosib ketdi.

'Toshkentda avtobus va Haval urib ketgan piyoda voqea joyida halok bo‘ldi'ning rasmi

Kecha, 9 dekabr kuni Toshkent shahrining Mirabod tumanida Yutong rusumli elektrobus tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan. Zarba ta’sirida piyoda qarama-qarshi yo‘nalishga yiqqilgan va shu paytda Haval rusumli avtomobil uni yana urib ketgan.

Hodisa oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.

Shahar IIBB barcha yo‘l harakati ishtirokichlarini qoidalarga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Avvalroq Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yuz bergan YTHda ham ikki nafar o‘zbekistonlik hayotdan ko‘z yumgan edi.

    Boshqa yangiliklar