Kelgusi yilda O‘zbekiston Xitoydan 50 dan ortq zamonaviy agrodronlarni olib keladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi sohasidagi xodimlar bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan maxsus dron markazi mutaxassis tayyorlash, xizmat ko‘rsatish va texnikalarni to‘liq servis bilan ta’minlash imkonini yaratgan. Joriy yilning o‘zida 100 dan ortq dron yordamida ekinlar monitoringi va ilg‘or agrotexnik tadbirlar bajarilgan.
Ma’lum qilinishicha, kelasi yilda har bir viloyatda kamida ikki tadan dron mobil kompleksi tashkil etiladi. Shuningdek, agrodronlar uchun ruxsat etilgan yuk ko‘tarish og‘irligi 100 kilogrammdan 250 kilogrammgacha oshiriladi.
“Qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt kirib kelayotgani, kam xarajat bilan yuqori hosil olayotgan fermerlar soni ortayotgani meni xursand qiladi”, — dedi davlat rahbari.






