AsosiyBu qiziq

2024 йил қурол савдоси рекорд даражага чиқди

Eng yirik 100 ta qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyaning daromadi o'tgan yili 679 milliard dollarni tashkil etgan.

'2024 йил қурол савдоси рекорд даражага чиқди'ning rasmi

2024 yilda dunyoda qurol savdosi tarixiy ko‘rsatkichga yetdi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurkning aytishicha, yirik harbiy kompaniyalar daromadi keskin oshishiga Ukraina va G‘azodagi urushlar, global keskinliklar hamda davlatlar harbiy xarajatlarining ko‘payishi sabab bo‘lgan.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, eng yirik 100 ta qurol ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘tgan yili 679 milliard dollar daromad qilgan. Tyurk Jenevadgi uchrashuvda inson huquqlari sohasi yetarlicha moliyalashtirilmayotganini, bosimlar kuchayganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, G‘azo hali ham mislsiz azob-uqubatlar hududi bo‘lib qolmoqda, hujumlar to‘liq to‘xtatgani yo‘q.

Shuningdek, G‘arbiy Sohilda falastinliklarga nisbatan hujumlar ortgani, Sudanda qurolli to‘qnashuvlar aholiga jiddiy zarar keltirayotgani qayd etildi. Ukraineda tinch aholi orasidagi qurbonlar soni esa bir yilda 24 foizga oshgan.

BMT moliyalashuvidagi 90 million dollarlik tanqislik tufayli 300 ta ish o‘rni qisqargani va Kongo, Kolumbiya, Myanma, Tunis kabi davlatlardagi muhim loyihalar to‘xtatgani ma’lum qilindi. Tyurkning ta’kidlashicha, ayrim tinchlikka oid kelishuvlar amalga oshirilsa-da, ular aholini to‘liq himoya qila olmayapti.

    Boshqa yangiliklar