Majburiy ijro byurosi nomi bilan ijro hujjati yoki qarzdorlik haqidagi soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali ba'zi fuqarolarga ularning ism-sharifi, telefon raqami va hatto pasport raqamlari ko'rsatilgan holda feyk xabarlar yuborilmogda. Ma'lumotlarga ko'ra, bunday xabarlardagi "apk" ilovalarini yuklab olish plastik kartochka ma'lumotlarini qo'lga kiritishga olib kelishi mumkin.
Shamsutdinov fuqarolarni shubhali xabarlardan ogoh bo'lishga chaqirdi.
MIB esa haqiqiy bildirishnomalar mobil SMS orqali yoki rasmiy "MIB" info nomeri orqali yuborilishini ma'lum qildi.






