AsosiyBu qiziq

Dunyo boyliklarining 75 foizi atigi 10 foiz aholi qo‘lida

Tengsizlik keskin kuchaymoqda, olimlar tezkor choralar ko‘rishni talab qilmoqda.

'Dunyo boyliklarining 75 foizi atigi 10 foiz aholi qo‘lida'ning rasmi

"Jahon tengsizliklari 2026" hisobotiga ko'ra, dunyo boyliklarining to'rtdan uch qismi atigi 10 foiz aholiga tegishli. Mutaxassislarning aytishicha, boylar va kambag'allar o'rtasidagi tafovut bu yil yanada chuqurlashgan: bor-yo'g'i 60 ming kishi — dunyo aholisining 0,001 foizi — eng kambag'al aholining yarmidan uch baravar ko'p boylikka egalik qiladi.

Hisobotda eng boy 1 foizning qolgan 90 foizga nisbatan ancha katta moliyaviy ustunlikka ega bo'lgani qayd etildi. Tadqiqotchilar bunday tafovut iqtisodiy barqarorlikka havf tug'dirayotganini aytib, ta'lim, sog'liqni saqlash, samarali soliq tizimlari va qayta taqsimlash dasturlarini kuchaytirishni taklif qilmokda.

Boylar eng ko'p yashaydigan davlatlar orasida Shveysariya millionerlari ulushi bo'yicha birinchi o'rinda turadi — katta yoshli aholining 16,45 foizi kamida 1 million dollarlik aktivlarga ega. Shuningdek, Lyuksemburg va Gonkong ham yuqori boylik to'plangan mintaqalar sifatida ko'rsatildi.

Millionerlar soni bo'yicha esa AQSh yetakchilik qilmokda — 22 milliondan ortiq. Xitoyda 6,3 million, Frantsiya, Yaponiya va Germaniyada esa 2,7–2,9 million millioner bor. Biroq aholisi kam bo'lgan boy davlatlarda millionerlar ulushi ancha yuqori.

Aksincha, Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika, Janubiy Osiyo va Markaziy Amerikada millionerlar ulushi deyarli nolga teng. Markaziy Osiyoda ro'yxatga faqat Qozog'iston kirgan.

Forbesning yangilangan ro'yxatiga ko'ra, dunyoning eng boy odamlari uchliligida o'zgarish kuzatildi: Google asoschilari Larri Peyj (275 mlrd dollar) va Sergey Brin (258 mlrd dollar) Ilon Mask (442 mlrd dollar) ortidan ikkinchi va uchinchi o'rinlarga ko'tarildi. Ularning boyligining keskin oshishiga Googlening sun'iy intellektdagi muvaffaqiyatlari va Nano Banana neyrotarmog'i sabab bo'lgani ta'kidlanmokda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Time журнали 2025-йилнинг “Йил одами”ни эълон қилди'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 08:39

    Time журнали 2025-йилнинг “Йил одами”ни эълон қилди

    Bu safar unvon bitta shaxsga emas, sun'iy intellekt yetakchilariga berildi.

    'Bugun yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 01:01

    Bugun yomg‘ir yog‘adi

    “O‘zgidromet” 12 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

    '2024 йил қурол савдоси рекорд даражага чиқди'ning rasmi

    Bu qiziq 11.12.2025 12:42

    2024 йил қурол савдоси рекорд даражага чиқди

    Eng yirik 100 ta qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyaning daromadi o'tgan yili 679 milliard dollarni tashkil etgan.

    'Bugun qayerlarda qor yog'ishi aytildi.'ning rasmi

    Bu qiziq 11.12.2025 07:57

    Bugun qayerlarda qor yog'ishi aytildi.

    Respublikaning ayrim hududlarida harorat 16 daraja iliq bo‘ladi.

    'Kaʼbada suratga tushish taqiqlanganligi haqidagi xabarl rad etildimi?'ning rasmi

    Bu qiziq 10.12.2025 12:12

    Kaʼbada suratga tushish taqiqlanganligi haqidagi xabarl rad etildimi?

    Rasmiy idoralar hech qanday yangi cheklov kiritmaganini aytmoqda.

    'Xitoyda 200 million yil avvalgi 20 dan ortiq dinozor izi topildi'ning rasmi

    Bu qiziq 10.12.2025 08:53

    Xitoyda 200 million yil avvalgi 20 dan ortiq dinozor izi topildi

    Topilmalar hududda dinozavrlar uzoq vaqt yashaganini ko‘rsatmoqda.