AsosiyJamiyat

Oltin medal sohiblariga 1 mlrd so‘mdan ortiq pul mukofoti beriladi

Oltin medal tayyorlagan ustozlar uchun ham alohida rag‘bat puli belgilandi.

'Oltin medal sohiblariga 1 mlrd so‘mdan ortiq pul mukofoti beriladi'ning rasmi

2025 yil avgustidan boshlab xalqaro fan olimpiadalarida oltin medal qo‘lga kiritgan o‘quvchilar 1 milliard so‘mdan ortiq pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Joriy yilda O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro fan olimpiadalarida tarixiy natijalarga erishdi. Xalqaro kimyo olimpiadasida ikki nafar o‘quvchi oltin medalni qo‘lga kiritib, informatika yo‘nalishida ilk bor kumush medal olindi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil avgustidan e’tiboran nufuzli olimpiadalarda oltin medal olgan o‘quvchilar 1 milliard 30 million so‘m, ularning murabbiylari esa 185 million 400 ming so‘m miqdorida mukofotlanadi.

G‘olib o‘quvchilar, ularning ustozlari va ota-onalari taqdirlash jarayoni oldidan o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi. Taqdirlash marosimi yaqin kunlarda o‘tkazilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar