AsosiyJamiyat

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta'lim bergan erkak ushlandi

Namangan shahrida bolalarga ruxsatsiz diniy ta'lim berib kelgan 31 yoshli erkakka nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

'Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta'lim bergan erkak ushlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, erkak 2025 yil iyun oyidan buyon oyiga 300 dollar evaziga ijaraga olingan xonadonda hujra tashkil etib, Namangan shahri va viloyatning turli hududlaridan kelgan 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan. U diniy bilimlarni ijtimoiy tarmoqlardagi noma’lum manbalardan mustaqil o‘rgangan bo‘lib, rasmiy diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan.

Aniqlanishicha, hujrada ta’lim olayotgan bolalarning 10 nafari yetti yoshgacha, 13 nafari esa yetti yoshdan katta bo‘lgan. Ularning barchasi joriy o‘quv yilida umuman maktabga qatnamagan. Ayrim bolalar maktab va darslar haqida ham tushunchaga ega emasligi aniqlangan.

Tekshiruv davomida maktab yoshidagi bolalarning ota-onalari maktab ma’muriyati bilan kelishgan holda farzandlarini elektron nazorat tizimidan chiqarib yuborgani, darsga qatnamaslik holatini yashirish maqsadida o‘qish joylarini tez-tez o‘zgartirib kelgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda hujra tashkil qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bolalarning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi asosida javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, maktab rahbarlari va o‘qituvchilarining harakatsizligi Jinoyat kodeksining 228-moddasi doirasida baholanishi mumkinligi qayd etilgan.

Avvalroq Namangan va Toshkent shaharlarida ham bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlangani haqida xabar qilingandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent postlaridagi turargohlar mehmonlarga shaharga kirishni cheklamaydi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 22:39

    Toshkent postlaridagi turargohlar mehmonlarga shaharga kirishni cheklamaydi.

    "Poytaxtga kelayotgan mehmonlar avtomobilini shaharga kirishda qoldirib, tez va xavfsiz jamoat transportida harakatlanishi mumkin bo‘ladi", degan xabar noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:58

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:13

    'Shaharning barcha ko'chalaridagi ariqlarda suv aylanishi kerak — Prezident'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:17

    Shaharning barcha ko'chalaridagi ariqlarda suv aylanishi kerak — Prezident

    Yomg‘ir suvini yig‘adigan 17 ta inshoot barpo qilinadi. Bu suvlar daraxt va yashil hududlarni sug‘orishga ishlatiladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:39

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:28