AsosiyJamiyat

10 oyda 237 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaysi davlatga sayohat qilgani aytildi.

2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida Oʻzbekiston fuqarolarining Saudiya Arabistoniga safari keskin oshdi.

'10 oyda 237 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaysi davlatga sayohat qilgani aytildi.'ning rasmi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida jami 237,1 ming nafar o‘zbekistonlik turist sifatida Saudiya Arabistoniga borgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 96 ming nafarga yoki 68 foizga ko‘p.

Qayd etilishicha, 10 oy davomida Saudiya Arabistoniga borgan O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati sayohat maqsadida safar qilgan — 197,9 ming nafar. Shuningdek, 38,2 ming nafar fuqaro qarindoshlarini yo‘qlash uchun borgan.

Davolanish maqsadidagi safarlar soni 924 nafarni, xizmat yuzasidan safarlar 66 nafarni, o‘qish uchun borganlar esa 31 nafarni tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar