AsosiyJINOYAT

Sudya yordamchisi 2500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Sudya yordamchisi 2500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudining sudya yordamchisi 2500 AQSH dollari miqdoridagi pulni olgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur shaxs o‘z xizmat mavqeidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishga uringan. U Majburiy ijro byurosining Qashqadaryo viloyatidagi tuman bo‘limlaridan biriga joriy yil may oyida ishga kirgan fuqaroga o‘zining mansabdor tanishlari orqali yordam berganini aytgan.

Shuningdek, kelgusida uni o‘ziga ma’qul bo‘lgan tumandagi MIB bo‘limiga o‘tkazib berishini va’da qilib, buning evaziga 2500 AQSH dollari talab qilgan.

DXH hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida sudya yordamchisi so‘ralgan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zgidromet 9 ta viloyat aholisini ogohlantirdi'ning rasmi

    JINOYAT Bugun 05:30

    O‘zgidromet 9 ta viloyat aholisini ogohlantirdi

    20–22 iyun kunlari kutilayotgan yomg'irlar sabab respublika tog' oldi va tog'li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

    'Namanganda qariyb 4 kilogramm gashish olib kelgan ikki nafar shaxs ushlandi.'ning rasmi

    JINOYAT 18.06.2026 04:24

    'Afg'onistondan olib kelingan qarib 38 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi'ning rasmi

    JINOYAT 17.06.2026 02:47

    Afg'onistondan olib kelingan qarib 38 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi

    Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    'Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i pora olishda ushlandi'ning rasmi

    JINOYAT 16.06.2026 09:34

    Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i pora olishda ushlandi

    Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Toshkent va Samarqand viloyatlarida qariyb 6 kilogramm narkotik modda musodara qilindi.'ning rasmi

    JINOYAT 16.06.2026 02:32

    Toshkent va Samarqand viloyatlarida qariyb 6 kilogramm narkotik modda musodara qilindi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Toshkent viloyatida IIB xodimlariga pichoq bilan hujum qilindi'ning rasmi

    JINOYAT 15.06.2026 17:26

    Toshkent viloyatida IIB xodimlariga pichoq bilan hujum qilindi

    Ayni vaqtda Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligi ushbu voqea yuzasidan rasmiy ma'lumot berganicha yo'q.