AsosiyJAMIYAT

Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Oliy sudi raisi Baxtiyor Islomov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U mazkur vazifada 2022 yil avgustida ish boshlagan edi.

'Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etildi'ning rasmi

Baxtiyor Islomov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda tegishli qaror qabul qilingani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Islomov 2022 yil avgust oyida Oliy Majlis Senatining o‘ttizinchi yalpi majlisida Oliy sud raisi etib saylangan edi.

U mehnat faoliyati davomida Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida sudya sifatida ishlagan. Shuningdek, 2020 yil noyabriga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga raislik qilgan.

2020 yilda Prezident Administratsiyasida fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Islomov, keyinchalik Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida ham faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, undan avval Oliy sud raisi lavozimida Kozimjon Komilov ishlab kelgan va u salomatligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra o‘z xohishiga binoan lavozimidan ozod etilgan edi.

    Boshqa yangiliklar