21 dekabr kuni Turkiya Bosh assambleyasida 2026 yil Markaziy hukumat byudjeti hamda 2024 yil yakuniy hisobot to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha ovoz berish jarayonida deputatlar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda “Haberler” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro Respublika Xalq partiyasi fraksiyasi raisi o‘rinbosari Murat Emirning Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Mustafo Varankka tashlanishi bilan boshlandi. Qisqa vaqt ichida janjalga boshqa deputatlar ham qo‘shilib, u ommaviy mushtlashuvga aylangan.
Hamkasblarning aralashuvi bilan mojaro to‘xtatilgan. Shunga qaramay, ovoz berish yakuniga yetkazilib, 2026 yil byudjeti va 2024 yil yakuniy hisobot to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilingan. Qayd etilishicha, 320 nafar deputat hujjatlarni qo‘llab-quvvatlagan, 249 nafari esa qarshi ovoz bergan.
Turkiya parlamentida bunday holatlar avval ham kuzatilgan. Xususan, 2022 yilda byudjet muhokamalari chog‘ida deputatlar o‘rtasida taxminan 10 daqiqa davom etgan mushtlashuv sodir bo‘lgandi.






