AsosiyJamiyat

Savdo va ovqatlanish sohasi soliqdan qochishda yetakchi

Oʻzbekistonda soliqdan qochish xavfi eng yuqori boʻlgan tadbirkorlik subyektlari savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida aniqlandi.

'Savdo va ovqatlanish sohasi soliqdan qochishda yetakchi'ning rasmi

Ma'lumotlarga ko'ra, 2025-yil yanvar–noyabr oylarida soliqdan qochish havfi yuqori bo'lgan 3 305 ta korxonada audit o‘tkazilgan.

Ushbu tekshiruvlarda soliqdan qochish holatlari 12,1 trln so‘mga baholangan, bu taxminidan ham yuqori ko‘rsatkich. Eng katta ulush — 7,7 trln so‘m bilan savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga to‘g‘ri kelgan.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish, qurilish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida ham soliqdan qochish holatlari qayd etilgan. Soliq qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilda muddati kelgan 6,5 trln so‘mlik soliqning 46%i to‘langan.

    Boshqa yangiliklar