AsosiyShou-biznes
16911

Bollivud aktyorlari Saif Ali Xon va Karina Kapurlar oilasida o`g`il farzand dunyoga keldi

Bollivudning yulduzli juftligi Saif Ali Xon va Karina Kapur ota-onalik baxtiga sazovor bo`lishdi. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar bermoqda

Ma`lum bo`lishicha, bugun 20 dekabr kuni Karina Kapur Mumbaydagi “Mumbai’s Breach Candy” klinikasida o`g`il farzandni dunyoga keltirgan. 

Saif Ali Xon va Karina Kapur farzandlariga Temur Ali Xon deb ism qo`yishgan.


Saif Ali Xon va Karina Kapurlar 2012 yilda turmush qurgan edi. Dunyoga kelgan o`g`il farzand ularning nikohidagi ilk farzand hisoblanadi. 

Saif Ali Xonning birinchi turmushidan ikki nafar farzandi bor.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar