AsosiyJamiyat

Rasman: o‘zbekistonliklar Yangi yil bayramida ketma-ket 5 kun dam oladi

Prezident bugun dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

'Rasman: o‘zbekistonliklar Yangi yil bayramida ketma-ket 5 kun dam oladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 257-sonli farmoniga muvofiq, Yangi yil bayrami munosabati bilan 2026 yil boshida fuqarolar uchun ketma-ket besh kunlik dam olish ta’minlanadi. Qaror aholiga bayramni oila davrasida nishonlash va maroqli hordiq chiqarish imkonini beradi.

Farmon ko‘ra, 31 dekabr qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi. 1 yanvar — Yangi yil bayrami, 2 yanvar esa yana qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi. 3 yanvar (shanba) besh kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni, olti kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun esa qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

4 yanvar (yakshanba) barcha xodimlar uchun odatiy dam olish kuni sifatida belgilanib, natijada aholiga ketma-ket 5 kun davomida hordiq chiqarish imkoniyati yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar