UFCning engil vazn toifasida sobiq chempioni Habib Nurmagomedov o‘zining Telegram-kanalida futbolchi Zlatan Ibrahimovich bilan armrestling qilayotgan videosini e’lon qildi. Lavhada Habib "Milan", "Barcelona", "Ayaks" klublari hamda Shvetsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi bilan kuch sinashishga urinadi.
Videoga izoh qoldirgan Nurmagomedov Zlatan haqida "Bu yigit o‘zgacha", deya yozgan. Qiziqarli bahsda frantsiyalik futbolchi Pol Pogba hakamlik qilgan.
Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov so‘nggi jangini 2020 yil 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 254 turnirida o‘tkazib, Justin Getjini ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgan va shundan so‘ng faoliyatini yakunlagan. Zlatan Ibrahimovich esa professional futbolchilik faoliyatini 2023 yil yozida rasman tugatgan.






