AsosiyJamiyat

Saudiyada erkak Masjidul Haramdan o‘zini tashladi

Ҳолат бўйича барча тегишли ҳуқуқий ва расмий жараёнлар якунланган.

'Saudiyada erkak Masjidul Haramdan o‘zini tashladi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi Makka shahridagi Masjidul Haramning yuqori qavatidan bir erkak o‘zini pastga tashlaganini ma’lum qildi. Bu Khaleej Times xabar berdi.

Masjidul Haram xavfsizligini ta’minlash maxsus kuchlarining xabar berishicha, ushbu shaxs o‘z joniga qasd qilish maqsadida binoning yuqori qavatidan sakragan. Voqea joyida bo‘lgan xavfsizlik xodimi uning yerga zarba bilan tushishining oldini olishga uringan va natijada o‘zi ham jarohat olgan. Hozirda har ikkala shaxs ham shifoxonada va ularga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmogda. Holat bo‘yicha barcha tegishli huquqiy va rasmiy jarayonlar yakunlangan.

Masjidul Haram bosh imomi, shayx Abdur Rahmon as Sudays mazkur holat yuzasidan bayonot berdi. U ziyoratchilarni muqaddas darg‘ohning qoidalariga rioya qilishga va belgilangan ko‘rsatmalarga amal qilishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar