AsosiyDunyo

Turkiyada ISHID'ga qarshi operatsiyada uch politsiyachi halok boʻldi

Yalova viloyatida terrorchilarga qarshi reid vaqtida yuz bergan otishmada olti nafar jangari yo‘q qilindi, bir necha politsiya xodimi yaralandi.

'Turkiyada ISHID'ga qarshi operatsiyada uch politsiyachi halok boʻldi'ning rasmi

Turkiyaning Yalova viloyatida politsiya va IShID jangarilari o‘rtasida sodir bo‘lgan otishma oqibatida uch nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, to‘qnashuv terrorchilikda gumon qilingan shaxslar yashiringan uyga politsiya bostirib kirgan paytda boshlangan. Operatsiya davomida olti nafar jangari yo‘q qilingan, sakkiz nafar politsiya xodimi va bir nafar qo‘riqchi turli jarohatlar olgan.

Binoda bo‘lgan besh nafar ayol va olti nafar bola havfsiz tarzda evakuatsiya qilingan. Operatsiya mahalliy vaqt bilan tungi soat 2:00 da boshlanib, ertalab 9:40 da yakunlangan.

Ichki ishlar vazirining ta’kidlashicha, ushbu reyd IShID’ga qarshi Turkiyaning 15 viloyatida bir vaqtning o‘zida o‘tkazilgan keng ko‘lamli aksilterror tadbirlaridan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar