Putin o‘z nutqida Rossiya armiyasi jangchilari va qo‘mondonlarini tabriklab, ular "ona zamin, haqiqat va adolat uchun kurashish mas’uliyatini zimmasiga olganini" aytdi. Prezident harbiylarni "so‘zda ham, amalda ham" qo‘llab-quvvatlashini bildirib, "Sizlarga va g‘alabamizga ishonamiz!" deya murojaatini yakunladi.
Murojaatning qolgan qismi odiy ruhda kechdi. Putin Rossiyaning "ming yillik tarixi"ni eslab, fuqarolarni birdamlikka chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, aynan birlik mamlakating suvereniteti, xavfsizligi va kelajagini belgilaydi.
Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Ukrainadagi urushda RF qurolli kuchlarining yo‘qotishlari haqida lom-mim demadi. BBC rus xizmati va "Mediazona" ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil dekabr o‘rtalariga kelib urushda halok bo‘lgan 155 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning shaxsi aniqlandi.
Ekspertlar esa real yo‘qotishlar bundan ancha yuqori — 200–300 mingdan ortiq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.






