O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish doirasida tibbiyot xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimi tubdan yangilanmoqda. 2026 yil 1 yanvardan boshlab soha vakillarining oylik maoshlari o‘rtacha 15 foizdan 30 foizgacha oshirildi.
Shuningdek, KPI tizimi asosida ish samaradorligi va davolash natijalaridan kelib chiqib beriladigan rag‘batlantirish to‘lovlari maoshning 50 foizigacha bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, hamshiralar va kichik tibbiy xodimlarning ish haqi ham o‘rtacha 20 foizga oshiriladi.
Mazkur o‘zgarishlar O‘zbekiston Prezidentining 2025 yil 9 noyabrida qabul qilingan “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.






