AsosiyJamiyat

“Barcha islohotlarimiz uzoq muddatli, eng tez natija bergani — ekologiya” — Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari qisqa muddatda sezilarli o‘zgarishga erishilgan sohalardan biri ekologiya bo‘lganini qayd etdi.

'“Barcha islohotlarimiz uzoq muddatli, eng tez natija bergani — ekologiya” — Saida Mirziyoyeva'ning rasmi

Ta'lim, sog‘liqni saqlash va sud-huquq sohalaridagi islohotlar natijasi vaqt talab qiladi.

Bu yo‘nalishlardagi loyihalar doimiy nazoratda ekanini ta'kidlagan Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, qisqa muddatda sezilarli o‘zgarishga erishilgan sohalardan biri ekologiya bo‘lganini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, biznes va jamiyatga ekologiyaning ahamiyatini tushuntirishga erishilgan. «Ekologiya — bu faqat jarima yoki nazorat emas, avvalo madaniyat. Tushuntirish va talabni to‘g‘ri yetkazish juda muhim», — deydi u.

Saida Mirziyoyeva ekologik mas'uliyat faqat korxonalarga emas, balki har bir fuqaroga tegishli ekanini ta'kidlab, tabiatni asrashni kundalik odat va madaniyatga aylantirish zarurligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar