AsosiyDunyo

"Одамлар ёнаётган эди" — Швейцария курортидаги Янги йил фожиаси

Hodisa guvohlari voqeani "dahshatli film"ga qiyoslamoqda.

'"Одамлар ёнаётган эди" — Швейцария курортидаги Янги йил фожиаси'ning rasmi

Shveytsariyaning mashhur Kran-Montana kurortida joylashgan Le Constellation barida Yangi yil kechasi katta yong‘in yuz berdi. Oqibatda kamida 40 kishi halok bo‘lgan, 80–115 nafar odam turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan.

Rasmiy sabab hali e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, tarqalgan foto va videolarga ko‘ra, yong‘inga shampan’ shishalariga mahkamlang'an bengal chiroqlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Guvohlar shift tez yonib ketgani, binoda chiqish joylari tor bo‘lgani va qisqa vaqt ichida tiqilinch yuzaga kelganini aytishmoqda.

BBC’ga suhbat bergan mahalliy aholi vakillari odamlar qichqirib, yordam so‘rab, chiqishga urinib qolganini, ayrimlar esa tiriklayin yonib ketganini ta’kidlagan. Jabrlanganlar Shveytsariya, Fransiya, Italiya va Belgiya shifoxonalariga etkazilgan.

Hodisa bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda. Fransiya va Italiya rasmiylari halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida o‘z fuqarolari borligini tasdiqlagan.

    Boshqa yangiliklar