Uzbekistan Airways 2026 yil yanvar oyidan boshlab ichki aviareyslarda yo‘nalish ketma-ketligi buzilgan taqdirda qo‘llaniladigan yangi qoidalarni e’lon qildi.
Yangi tartibga ko‘ra:
Agar yo‘lovchi parvozning birinchi yoki undan oldingi qismidan foydalanmagan bo‘lsa, aviakompaniya keyingi barcha yo‘nalish qismlari uchun bronni bekor qilmaydi. Yo‘lovchi chiptada ko‘rsatilgan qolgan yo‘nalish bo‘yicha parvozni davom ettirishi mumkin.
Bunday holatlarda, chiptani to‘lash uchun qo‘llanilgan tarif turidan qat’iy nazar, yo‘lovchi foydalanmagan qismlarning qiymati qaytarilmaydi. Faqatgina foydalanilmagan parvoz qismlari uchun aeroport yig‘imlari qaytarilishi mumkin.
Foydalanilmagan parvoz qismlariga ega chiptalar qayta rasmiylashtirish uchun qabul qilinmaydi. Xalqaro reyslar uchun standart qoidalar amal qiladi:
Yo‘lovchi yo‘nalishning birinchi yoki undan oldingi qismiga kelmagan taqdirda, keyingi barcha yo‘nalishlar uchun bron’ yo‘lovchini ogohlantirmasdan avtomatik ravishda bekor qilinadi.
Yo‘lovchi chiptani to‘lashda qo‘llanilgan tarif qoidalariga muvofiq, ixtiyoriy qaytarish yoki qayta rasmiylashtirish shartlari asosida chiptani qayta rasmiylashtirishi yoki qaytarishi mumkin.






