AsosiyJamiyat

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun QQS "nol" stavkasi joriy qilindi

Paxta va g‘alla bundan mustasno.

'Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun QQS "nol" stavkasi joriy qilindi'ning rasmi

2026 yil 1 yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarning (paxta va g‘alla bundan mustasno) realizatsiyasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) "nol" stavkasi joriy qilinadi.

Bu bo‘yicha Prezidentning "Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni (PF–153-son, 04.09.2025 y.)da belgilangan.

Shuningdek:

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanib, rasmiy veb-saytlarda e’lon qilinadi.

Ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlar uchun xarid qilingan tovarlar yoki xizmatlar bo‘yicha to‘langan QQS summasi 3 kun ichida avtomatlashtirilgan tarzda qaytariladi.

Soliq qo‘mitasi elektron hisobvaraq-fakturalarni real vaqt rejimida xavf darajasiga qarab tahli qilish tizimini joriy qiladi.

Yuqori xavfli hisobvaraq-fakturalar ulushi 10% dan oshmasligi va QQS summasi faqat to‘liq to‘langanidan keyin hisobga olinishi belgilandi.

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Space Gov Monitoring platformasi orqali qishloq xo‘jaligi yerlaridagi ekin maydonlari bo‘yicha ma’lumotlarni muntazam yetkazib boradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 04.01.2026 17:22

    ''ning rasmi

    Jamiyat 04.01.2026 16:55

    'Internetda giyohvand modda sotib, qariyb 2,5 million dollar kriptoaktiv aylanmasini amalga oshirganlar ushlandi.'ning rasmi

    Jamiyat 04.01.2026 13:10

    'Toshkentdagi sexda yong‘in chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat 04.01.2026 08:26

    Toshkentdagi sexda yong‘in chiqdi

    Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan ip egirish sexida yong‘in yuzaga keldi.

    'Toshkentda 34 yoshli piyoda mashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 04.01.2026 05:23

    Toshkentda 34 yoshli piyoda mashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi

    Lacetti urib yuborgan piyoda olgan og‘ir jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

    'Bugun to‘rtta viloyatda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 04.01.2026 03:35

    Bugun to‘rtta viloyatda yomg‘ir yog‘adi

    Havo harorati 7 daraja iliq bo‘ladi.