AsosiyJamiyat

Toshkentda 26 yoshli mast erkak avtomashina oynasini sindirib, qasddan shikast yetkazdi

Hozirda ushbu fuqaro qo'lga olingan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

'Toshkentda 26 yoshli mast erkak avtomashina oynasini sindirib, qasddan shikast yetkazdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma'lum shaxs "Matiz" rusumli avtomashinaga shikast yetkazgani aks etgan foto tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma'lumot berib, voqea tafsilotlariga aniqlik kiritdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 2 yanvar kunida Yunusobod tumani 13-mavze hududida 1999 yilda tug'ilgan B.G. mast holatda bo'lgan va 1954 yilda tug'ilgan O. R. ga tegishli "Matiz" avtomashinasiga qasddan shikast yetkazgan. Tezkor chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi fuqaro B. G huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Ma'lum qilinishicha, tekshiruv jarayoni Toshkent shahar IIBB boshlig'i tomonidan shaxsan nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar