AsosiyDunyo

Мадуро ва рафиқаси наркобизнесда айбланмоқда

AQSH Maduro va uning rafiqasiga narkobiznes bilan bog'liq ayblov qo'ydi.

'Мадуро ва рафиқаси наркобизнесда айбланмоқда'ning rasmi

AQSH rasmiylari Venezuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresga nisbatan jiddiy jinoyiy ayblovlar qo‘yilganini ma’lum qildi. Ular narkobiznes va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

AQSH bosh prokurori Pamela Bondinning aytishicha, ish Nyu-York shtati janubiy okrug sudida ko‘rib chiqiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Nikolas Maduro narkobiznes maqsadida til birlashtirish, kokain olib kirish bo‘yicha jinoyiy kelishuv, shuningdek, pulemyot va portlovchi qurilmalarni noqonuniy saqlash va ularni AQSHga qarshi qo‘llash rejalarida ayblanmoqda.

Bondinning ta’kidlashicha, Maduro va uning rafiqasi yaqin orada Amerika qonunlari doirasida javobgarlikka tortiladi.

Shuningdek, AQSH bosh prokurori Maduro ishida qat’iyat ko‘rsatgani uchun AQSH prezidenti Donald Trampga minnatdorlik bildirgan. Shu bilan birga, Maduro va uning rafiqasini qo‘lga olish bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyada ishtirok etgan AQSH harbiylariga ham alohida tashakkur bildirdi.

AQSH Adliya vazirligiga ko‘ra, bu operatsiya juda muvaffaqiyatli o‘tgan va xalqaro narkotrafikka qarshi kurashda muhim qadam hisoblanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Nega AQSH Maduroni tanladi, Kim Chen Inni emas?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:10

    Nega AQSH Maduroni tanladi, Kim Chen Inni emas?

    Venesuela va Shimoliy Koreyaga nisbatan AQSh siyosatining farqli boʻlishi geosiyosiy va iqtisodiy omillar bilan izohlanishi mumkin.

    ''ning rasmi

    Dunyo 04.01.2026 15:52

    'Nyu-Yorkning yangi meri ishini Isroilga oid farmonlarni bekor qilishdan boshladi'ning rasmi

    Dunyo 04.01.2026 14:19

    Nyu-Yorkning yangi meri ishini Isroilga oid farmonlarni bekor qilishdan boshladi

    Mamda korrupsiya ayblovlaridan so‘ng sobiq mer Adams tomonidan chiqarilgan barcha farmonlarni bekor qildi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 04.01.2026 12:16

    ''ning rasmi

    Dunyo 04.01.2026 10:47

    ''ning rasmi

    Dunyo 04.01.2026 07:14