AQSh prezidenti Donald Tramp va boshqa amerikalik rasmiylar jurnalistlarga Venesuela yetakchisi Nicolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Shu bilan birga, Amerika ommaviy axborot vositalari operatsiyani rejalashtirishda AQShning yuqori lavozimli amaldorlari ishtirok etgani va Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ning kichik guruhi ham, Venesuela hukimati ichidagi manbalari ham ishlayotgani haqida xabar bermoqda.
AQSh razvedka idoralari tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Maduro va uning rafiqasi 3 yanvar kuni erta tongda, AQSh Venesuelaga raketa zarbalaridan ko‘p o‘tmay hibsga olingan.
Ikkalasi ham mamlakat poytaxti Karakasdagi uylarida qo‘lga olingan.
BBCning Amerikadagi hamkori CBS manbalarining xabar berishicha, operatsiya AQShning asosiy terrorizmga qarshi kurash bo‘linmasi bo‘lgan Delta Force tomonidan amalga oshirilgan.
Shanba kuni Donald Tramp matbuot anjumanida Maduroning uyi "ko‘proq qal’aga o‘xshash" ekanligini va maxsus kuchlar po‘lat himoyani yorib o‘tish uchun "ulkan chiroqlar"dan foydalanishga tayyor ekanligini, ammo oxir-oqibat bu zarur emasligini aytdi.
CNN o‘z manbalariga tayanib, Maduro va Siliya Flores operatsiya boshlanganda uxlab yotganini qo‘shimcha qildi.






