AsosiyDunyo

Nyu-Yorkning yangi meri ishini Isroilga oid farmonlarni bekor qilishdan boshladi

Mamda korrupsiya ayblovlaridan so‘ng sobiq mer Adams tomonidan chiqarilgan barcha farmonlarni bekor qildi.

'Nyu-Yorkning yangi meri ishini Isroilga oid farmonlarni bekor qilishdan boshladi'ning rasmi

New-York shahar meri Zohran Mamdani lavozimga kirishganidan soʻng ilk farmonini imzoladi. Shahar meri devoni tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotga koʻra, ushbu farmon orqali sobiq mer Erik Adams tomonidan 2024 yil 26 sentyabrdan boshlab, yaʼni federal korruptsiya ayblovlari eʼlon qilingan kundan keyin chiqarilgan barcha ijro etuvchi buyruqlar bekor qilindi, deya yozmoqda "zamon.uz".

Farmonda 2024 yil 26 sentyabrda yoki undan keyin chiqarilgan va 2025 yil 31 dekabrdan kuchga kirgan barcha farmonlar oʻz kuchini yoʻqotgani qayd etilgan. 

Mazkur qaror soʻnggi oʻn sakkiz oy davomida Erik Adams tomonidan qabul qilingan oʻnga yaqin farmonni bekor qildi. Ular orasida shahar xodimlariga Isroilga qarshi boykotlarda ishtirok etishni taqiqlash, immigratsiya xodimlariga qamoqxona tekshiruvalarini oʻtkazish vakolatini berish, ot aravallarini taqiqlash hamda antisemitizmning ishchi taʼrifini belgilashga oid buyruqlar mavjud. 

Shu bilan birga, Mamdani yana beshta yangi ijro etuvchi farmonni imzoladi. Ularning uchtasi New-York shahrida uy-joy sharoyitlarini yaxshilash, ijarachilarning huquqlarini himoya qilish va kam taʼminlangan aholi uchun uy-joy qurilishidagi byurokratik toʻsiqlarni kamaytirishga qaratilgan. 

Yangi mer tomonidan imzolangan soʻnggi farmon jamoatchilik bilan aloqalar uchun masʼul boʻlgan yangi shahar departamentini tashkil etishni nazarda tutadi. 

Maʼlumot uchun, Zohran Mamdani noyabr oyidagi saylovlarda gʻalaba qozonib, New-York shahrining ilk musulmon meri sifatida tarixga kirdi. U 34 yoshda boʻlib, toʻrt yillik muddat davomida lavozimda faoliyat yuritadi.

    Boshqa yangiliklar