AsosiyJamiyat

Toshkentda giyohvandlik savdosi fosh etildi

Poytaxtda Telegram bot orqali giyohvandlik savdosi va 2,3 million dollarlik kripto aylanmani amalga oshirgan uch nafar shaxs qo‘lga olindi.

'Toshkentda giyohvandlik savdosi fosh etildi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi o‘tkazgan tezkor tadbirda Telegram‘dagi noqonuniy bot faoliyati fosh etildi. U orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan birga kripto aktivlarni olish, o‘tkazish va ayirboshlash ishlari amalga oshirilgani aniqlandi.

Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tadbirlar davomida 1997 yilda tug‘ilgan A., 2001 yilda tug‘ilgan Sh. va T. qo‘lga olindi. Ular boshqaruvida bo‘lgan bot orqali qariyb 95 ming transaksiya o‘tkazilib, jami 2 million 375 ming dollarlik kripto aktiv aylanmasi qayd etilgan. Tekshiruvda telefonlar, noutbuklar, bank kartalari, SIM-kartalar, giyohvand moddalar hamda kuchli ta‘sir qiluvchi dorilar daliliy ashyo sifatida olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.

    Boshqa yangiliklar