AsosiySport

Antuan Semenyo "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi

"Bournemouth"ning qanot hujumchisi Antoine Semenyo 75 million evaziga "Manchester City"ga ko‘chib o‘tmoqda.

'Antuan Semenyo "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi'ning rasmi

Insayder Fabritsiyo Romano xabar berishicha, "Manchester Siti" ganalik futbolchi Antuan Semenyo bilan kelishuvga erishgan. Manbaga ko'ra, transfer qiymati 75 million yevroga teng.

25 yoshli hujumchi 8 yanvar kuni tibbiy ko'rikdan o'tgach, klub bilan uzok muddatli shartnoma imzolaydi.

Habarlarga qaraganda, Semenyo Angliya Premer-ligasining yana to'rtta klubidan tushgan takliflarni rad etib, "Siti"ni tanlagan. Bunda Xosep Gvardiola qo'l ostida o'ynash istagi hal qiluvchi omil bo'lgan.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Antuan Semenyo APLda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.

    Boshqa yangiliklar