AsosiyDunyo

Suriya armiyasi va kurd kuchlari Halabda yana to‘qnashdi

Halab shahrida hukumat qo‘shinlari va Suriya Demokratik kuchlari o‘rtasida janglar qayta avj oldi.

'Suriya armiyasi va kurd kuchlari Halabda yana to‘qnashdi'ning rasmi

To‘qnashuvlar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar bor, minglab odamlar shaharni tark etmoqda.

7 yanvar kuni Suriyaning Halab shahrida Suriya armiyasi va Suriya Demokratik kuchlari (SDK) o‘rtasida shiddatli janglar boshlandi. Mahalliy manbalarga tayanib, Reuters xabar berishicha, to‘qnashuvlar natijasida kamida bir necha kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohatlangan.

Habarlarga ko‘ra, hukumat kuchlari SDK nazoratidagi Shayh Maqsud va Ashrafiya mahallalaridagi pozitsiyalarni "qonuniy harbiy nishonlar" deb e’lon qilgan. Janglar fonida Halabdan taxminan 10 ming nafar tinch aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan.

So‘nggi voqealar shahar hayotini izdan chiqardi: aeroport va Turkiyaga olib boruvchi avtomagistral yopildi, san’at zonalaridagi ishlab chiqarish to‘xtadi. Damashq rasmiylari hujumlar SDK tomonidan amalga oshirilgan zarbalarga javob ekanini bildirgan bo‘lsa, kurd tomon hukumatni tinch aholiga xavf tug‘dirayotgan eskalatsiyada ayblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, tomonlar o‘tgan yili SDKni markaziy hukumat tuzilmalariga integratsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi, biroq amalda bu jarayon natija bermagan.

    Boshqa yangiliklar