Davlat xavfsizlik xizmati va Toshkent shahar IIBB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Uchtepa tumani hokimligining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi pora olayotgan paytda ushlangan.
Ma’lum qilinishicha, mansabdor shaxs tumanda buzilishi rejalashtirilgan savdo do‘konlari ro‘yxatiga tadbirkorga tegishli ob’yektni kiritmaslik va buzirib yubormaslik evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilgan. U pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






