AsosiyDunyo
7217

Plastik idishlardan yasalgan “Suv parilari” dengizi (Foto)

Monreallik fotosuratchi Benjamin Fon Vong (Benjamin Von Wong) o`n mingdan ortiq turli rangli plastik idishlardan “Dengiz” yaratdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Plastik idishlardan yasalgan “dengiz”ga “suv parilari” libosini kiygan model qizlarni joylashtirdi.

Fotosuratchi o`zining mazkur loyihasini “Suv parilari plastikni yomon ko`radi”,(Mermaids Hate Plastic) deb nomladi. U bu bilan ekologik muammoga shama qildi. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, har bir amerikalik fuqaro yiliga o`rta hisobda 167 ta plastik idishdan foydalanadi. U 60 yoshga etganda plastik idishlarning soni 10 mingtaga etadi.

Plastik idishlar asosan okeanga tushib, suvni boshqa axlatlardan ko`ra ko`proq zararlantiradi. Bundan dengiz jonivorlari va butun boshli ekotizim aziyat chekadi.

Loyihani suratga olishda, plastik idishlarni tozalashda, saralashda fotosuratchiga ko`ngillilar yordam berdi.





Boshqa yangiliklar