AsosiyDunyo
4738

Amerikalik videobloger onasi bilan arab tilida gaplashgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi

Amerikalik mashhur videobloger Adam Saleh (Uning YouTube da ikki milliondan ortiq kuzatuvchisi bor) va uning sherigi London – Nyu-York yo`nalishi bo`ylab uchayotgan Delta Airlines aviakompaniyasining aviareysidan telefonda onasi bilan arab tilida gaplashgani uchun tushirib yuborildi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz”nashri.  

U bo`lib o`tgan voqea aks etgan videoni o`zining Tvitter sahifasiga joylashtirdi.

“Boshqa tilda gaplashganimiz uchun bizni haydashdi. Hammasi uchun katta rahmat! Meni boshqa tilda gaplashishim kimgadir xalaqat qiladimi?”, dedi voqeadan jahli chiqqan yigit. Voqea aks etgan videorolik bir necha daqiqa ichida ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`lib, uni 700 mingdan ortiq odam tomosha qildi va izoh qoldirdi. 

Saleh CBS telekanaliga bergan intervyusida, bor-yo`g`i onasiga sog`-salomat samolyotga o`tirganini aytish uchun qo`ng`iroq qilganini, onasi arab tilidan boshqa tilda gaplasha olmasligini ma`lum qildi.

Aviakompaniya xodimlari esa Saleh o`zini g`ayritabiiy tarzda tutib, baqirib gaplashgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi, deb o`zini oqladi.

Boshqa yangiliklar