Eron rasmiylari AQSh tomonidan ehtimoliy harbiy hujum uyushtirilgan taqdirda, mintaqada joylashgan Amerika harbiy bazalari nishonga olinishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ma'lum qilinishicha, Tehron bu borada Saudiya Arabistoni, BAA va Turkiyani oldindan xabardor qilgan. Bu haqda HRANA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi va AQSh maxsus elchisi Stiv Uitkoff o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri aloqalar to'xtatilgan.
AQShda joylashgan HRANA inson huquqlarini himoya qilish guruhiga ko'ra, hozirgacha 2 403 nafar namoyishchi va 147 nafar hukumatga aloqador shaxs halok bo'lgan. Eron rasmiylaridan biri 13 yanvar kuni qurbonlar soni taxminan 2 ming nafarni tashkil etishini ma'lum qilgan.
Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bu voqealarni "Eronning zamonaviy tarixidagi eng shafqatsiz repressiya" deb baholab, uni zudlik bilan to'xtatishga chaqirgan.
G'arb rasmiylaridan birining aytishicha, Eron hukmati hozircha qulashi arafasida emas, havfsizlik apparati esa vaziyatni nazorat ostida ushlab turibdi. Shu bilan birga, repressiyalardan keyin mamlakatda nisbiy tinchlik tiklangani, biroq u majburan ta'minlanayotgani ta'kidlangan.
Isroil hukumat vakili 13 yanvar kuni Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning havfsizlik kabinetiga Eron rejimi qulashi yoki AQSh aralashuvi ehtimoli haqida ma'lumot berilganini aytgan.
Davlat OAVlariga ko'ra, Eron oliy havfsizlik organi rahbari Ali Larijoniy Qatar Tashqi ishlar vaziri bilan, Abbos Aroqchi esa BAA va Turkiya Tashqi ishlar vazirlari bilan muzokaralar o'tkazgan. Aroqchi BAA TIV rahbari Shayx Abdulloh bin Zaydga mamlakatda vaziyat barqarorlashayotgani va Eron o'z suvereniteti hamda havfsizligini himoya qilishga qat'iy qaror qilganini bildirgan.
Shu bilan birga, Eron bosh sudyasi hibsga olingan namoyishchilar saqlanayotgan Tehron qamoqxonasiga tashrif buyurib, zolavonlikka qo'l urgan shaxslarni tezkor sud qilish va qat'iy jazolash zarurligini ta'kidlagan.
HRANA ma'lumotlariga ko'ra, hozirgacha 18 137 kishi hibsga olingan. Hengaw tashkiloti esa Karaj shahridagi namoyishlar ortidan hibsga olingan 26 yoshli Erfan Sultoniy 14 yanvar kuni o'lim jazosiga hukm qilinganini xabar qilgan. Hukm ijro etilgani yoki bekor qilingani haqida aniq ma'lumot berilmagan.






