AsosiyJamiyat

"Afrosiyob" poyezdlari chiptalari 15 foizga qimmatlandi

1-fevraldan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari narxi 15 foizga oshirildi.

'"Afrosiyob" poyezdlari chiptalari 15 foizga qimmatlandi'ning rasmi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lum qilishicha, chiptalar narxi ekspluatatsiya va energiya xarajatlari, texnik xizmat ko‘rsatish, ehtiyot qismlar hamda elektropoezdlarni modernizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar oshgani sabab yangilandi.

Yangi tariflarga ko‘ra, Toshkent—Buxoro yo‘nalishida VIP chipta 1 mln 138 ming so‘m, biznes — 760 ming so‘m, ekon — 509 ming so‘mni tashkil etdi. Toshkent—Qarshi yo‘nalishida VIP — 976 ming, biznes — 642 ming, ekon — 429 ming so‘m, Toshkent—Samarqand yo‘nalishida esa VIP — 709 ming, biznes — 455 ming, ekon — 311 ming so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” yo‘lovchi poezdlari chiptalari narxi ham 15 foizga oshirildi. Avvalroq tezyurar poezdlar tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechilib, bozor tamoyillariga o‘tish belgilangan edi.

    Boshqa yangiliklar