AsosiyDunyo

18 yoshli qiz 50 yoshli qo'shnisini o'ldirdi

Qiz o‘zini tajovuzdan himoya qilganini aytmoqda, marhumning yaqinlari esa uni qasddan qilganlikda ayblamoqda.

'18 yoshli qiz 50 yoshli qo'shnisini o'ldirdi'ning rasmi

Hindistonning Banda okrugida 18 yoshli qiz 50 yoshli qo‘shnisini o‘ldirgan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, marhum uning uyiga kirib, zo‘rlashga uringan. Bu haqda “Times of India” nashri politsiya ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kunduzi, qiz uyda yolg‘iz qolgan vaqtda sodir bo‘lgan. Qo‘shni uning uyiga kirib, jinsiy tajovuz qilishga harakat qilgan. Qiz esa o‘zini himoya qilish maqsadida unga bolta bilan zarba bergan, keyin esa tayoq bilan urib, o‘limga o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, u boltani o‘zi bilan olib, politsiya bo‘limiga borgan va sodir etgan ishini tan olgan. Marhumning jasadi yarim yalang‘och holda topilgan, u sud-tibbiy ekspertizaga yuborilgan.

Marhumning rafiqasi esa qizni erkakni “choy va taom bahonasida uyga chorlab”, qasddan o‘ldirganini da’vo qilmogda. Hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar