17 yanvardan buyon Chilida davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari Nuble va Bio-Bio mintaqalarida ayniqsa kuchaygan.
Mahalliy OAVlar va "Reuters" xabariga ko‘ra, yong‘inlar hozirgacha 8,5 ming gektardan ortiq maydonni qamrab olgan. Tabiiy ofat sababli kamida 250 ta uy vayron bo‘lgan.
Mamlakat Prezidenti Gabriel Borich usbu hududlarda falokat holati e’lon qilinganini ma’lum qildi. Rasmiylar kuchli shamol va yuqori harorat yong‘inlarning tez tarqalishiga sabab bo‘layotganini bildirmoqda.






