AsosiyJamiyat

Ispaniyada temir yoʻl halokati ortidan uch kunlik motam eʼlon qilindi

Andalusiyada sodir bo‘lgan poezd halokati sabab Ispaniya bo‘ylab uch kunlik rasmiy motam o‘tkaziladi.

'Ispaniyada temir yoʻl halokati ortidan uch kunlik motam eʼlon qilindi'ning rasmi

“Bugun yarim tunda — 20 yanvar kunidan boshlab 23 yanvar yarim tungacha uch kunlik rasmiy motam e’lon qilinadi”, — dedi hukumat rahbari. Shuningdek, u fojia sabablarini o‘rganishda to‘liq shaffoflik ta’minlanishini va’da qildi.

18 yanvar kunida Ispaniyada ikki tezyurar poezd rel’sdan chiqib ketishi oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar soni 150 nafardan oshgan.

Halokat Kordoba viloyatidagi Adamus shahri yaqinida, Madriddan taxminan 360 kilometr janubda sodir bo‘lgan. Madriddan Uel’va shahriga harakatlanayotgan 27 yoshli poezd mashinisti ham halok bo‘lgan. Ikki poezdda jami 317 nafar yo‘lovchi bo‘lgani qayd etilgan.

Yanvar oyi sayyohlik mavsumi hisoblanmaganligi sababli, poezdda bo‘lgan yo‘lovchilar orasida necha nafar sayyoh borligi hozircha aniq emas.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik” mukofoti sovrindorlarini tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:43

    Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik” mukofoti sovrindorlarini tabrikladi

    Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nufuzli xalqaro mukofot sovrindorlariga o‘z tabrigi va munosabatini bildirdi.

    'Suriya qamoqxonasidan mingdan ortiq IShID aʼzolari qochib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:50

    Suriya qamoqxonasidan mingdan ortiq IShID aʼzolari qochib ketdi

    Suriyaning shimoli-sharqida joylashgan Ash-Shaddada shahrida IShID terroristik guruhiga mansub yuzlab mahbuslar qamoqxonadan qochib ketdi.

    '"Qirol sher" mualliflaridan biri vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:03

    "Qirol sher" mualliflaridan biri vafot etdi

    Mashhur amerikalik rejissyor va animator Rodjer Allers 77 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 19.01.2026 20:35

    '2025 йилда Тошкентда қидирувда бўлган 2,1 мингдан ортиқ шахс қўлга олинган'ning rasmi

    Jamiyat 19.01.2026 15:44

    2025 йилда Тошкентда қидирувда бўлган 2,1 мингдан ортиқ шахс қўлга олинган

    MDH davlatlari va boshqa xorijiy mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda O‘zbekistondan tashqarida yashirilgan 86 nafar qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi.

    'Oʻzbekistonda qurilishda baxtsiz hodisalar oqibatida halok boʻlganlar soni oshgani maʼlum boʻldi.'ning rasmi

    Jamiyat 19.01.2026 14:40

    Oʻzbekistonda qurilishda baxtsiz hodisalar oqibatida halok boʻlganlar soni oshgani maʼlum boʻldi.

    Vazirlikning taʼkidlashicha, aksariyat fojiali holatlar mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi sabab boʻlgan.