Global Firepower tuzgan yangilangan harbiy qudrat indeksida O‘zbekiston Qurolli kuchlari o‘z mavqeini sezilarli darajada mustahkamlagan. 145 ta davlat qamrab olingan ro‘yxatda mamlakat 53-o‘ringa chiqib, Markaziy Osiyo bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etdi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Global Firepowerning 2026 yilgi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tgan yilga nisbatan besh pog‘ona yuqorilagan va 58-o‘rindagi Qozog‘istondan o‘zib ketgan.
Reytingda O‘zbekistonning muhim ustunliklaridan biri safarbarlik salohiyati sifatida ko‘rsatilgan. 36,5 mln aholi orasida qariyb 16 mln kishi harbiy xizmatga yaroqli deb baholanadi. Qurolli kuchlarda taxminan 120 ming harbiy xizmatchi xizmat qiladi, ularning asosiy qismi quruqlik qo‘shinlariga to‘g‘ri keladi.
Armiya texnik ta’minoti ham yuqori ko‘rsatkichlarga ega: 470 ta tank va 8 692 ta zirhli texnika mavjud. Artilleriya yo‘nalishida, jumladan, 177 ta o‘ziyurar artilleriya qurilmasi qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 23-o‘rinda turadi.
Harbiy havo kuchlari tasarrufida 159 ta uchish texnikasi bor, shundan 101 tasi vertolyotlar. Zarba beruvchi aviatsiyaga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlanadi: 34 ta zarba vertolyoti O‘zbekistonga usbu parametr bo‘yicha global reytingda 20-o‘rinni ta’minlagan.
Umuman olganda, qo‘shinlar tuzilmasi va ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda harbiy yetakchi sifatidagi pozitsiyini kuchaytirdi. Mintaqadagi o‘rinlar: O‘zbekiston — 53, Qozog‘iston — 58, Turkmaniston — 78, Tojikiston — 100, Qirg‘iziston — 109.






