AsosiyJamiyat

Bugun ba'zi joylarda yomg'ir aralash qor yog'adi

24 yanvar kungi ob-havo prognozi e'lon qilindi.

'Bugun ba'zi joylarda yomg'ir aralash qor yog'adi'ning rasmi

Bugun kunduzi yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda biroz yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo'llarda ba'zi joylarda yaxmalaq kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba'zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo'ladi.

Poytaxtimizda yog'ingarchilik kutilmaydi. Yo'llarda ba'zi joylarda yaxmalaq kuzatiladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° iliq bo'ladi.

Tog' oldi va tog'li hududlarda ba'zi joylarda qor yog'adi, tuman tushishi mumkin. Yo'llarda ba'zi joylarda yaxmalaq kuzatiladi. Qor ko'chishi havfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi ba'zi joylarda, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo'ladi.

    Boshqa yangiliklar