AsosiyJamiyat

Nipah virusi O‘zbekistonga tahdid soladimi?

Hindistonga safar rejalayotgan fuqarolarga ehtiyot choralari tavsiya etildi.

'Nipah virusi O‘zbekistonga tahdid soladimi?'ning rasmi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi rasmiysiga ko‘ra, mamlakatda vaziyat barqaror. Hindistonga safar rejalayotgan fuqarolarga esa ehtiyot choralari tavsiya etildi.

So‘nggi kunlarda Hindistonda Nipah virusi bilan bog‘liq xabarlar keng muhokama qilinmoqda. Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov O‘zbekistonda ushbu virus tarqalish ehtimoli juda past ekanini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lib, xavotirga o‘rin yo‘q. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham Nipah virusi global epidemiya yoki pandemiyaga olib kelishi ehtimoli pastligini bildirgan.

Ma’lum qilinishicha, Nipah virusi asosan ko‘rshapalaklar va cho‘chqalar orqali yuqadi, ayrim hollarda esa odamdan odamga ham o‘tishi mumkin. Virusga qarshi hozircha vaktsina mavjud emas, davolash simptomatik tarzda olib boriladi.

Shu bilan birga, Hindistonga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish, mevalarni yaxshilab yuvish va tekshirilmagan suvni ichmaslik tavsiya etildi. Ayni paytda O‘zbekistonda 54 ta chegarа punktida epidemiologik nazorat kuchaytirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:40

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:38

    'Patrik Dorgu jarohat tufayli 10 hafta maydondan chetlanadi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:05

    Patrik Dorgu jarohat tufayli 10 hafta maydondan chetlanadi.

    "Manchester Yunayted" qanot himoyachisi Patrik Dorju son orqa mushagi jarohati sabab 10 haftaga maydonga tusha olmaydi.

    'ТИВ ўринбосари Россия элчиси билан учрашди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:53

    ТИВ ўринбосари Россия элчиси билан учрашди

    ular rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

    '2025 йилда республика бўйича 64 нафар шахс гиёҳванд модда таъсирида жиноят қилган'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:08

    2025 йилда республика бўйича 64 нафар шахс гиёҳванд модда таъсирида жиноят қилган

    Yoshlar orasida giyohvandlikka nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish maqsadida bir qator vazirlik va tashkilotlarda rahbarning alohida o‘rinbosari tayinlanadi.

    'Aholi gavjum joylarda dron yordamida patrullik kuzatuvi yo‘lga qo‘yiladi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:50

    Aholi gavjum joylarda dron yordamida patrullik kuzatuvi yo‘lga qo‘yiladi.

    Shuningdek, tuman ichki ishlar tergov bo‘limida materiallarni ko‘rib chiqadigan tergovgacha tekshiruv guruhlari tuziladi.