AsosiyJamiyat

Namanganda Kobalt va avtobus toʻqnashdi

Hodisa ortidan 3 kishi halok bo‘ldi.

'Namanganda Kobalt va avtobus toʻqnashdi'ning rasmi

Chust tumanida Cobalt yengil avtomobil haydovchisining rulda uxlab qolishi oqibatida yo‘lovchi avtobusi bilan to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Yo‘l-transport hodisasida uch nafar inson hayotdan ko‘z yumdi, yana bir necha kishi jarohat oldi, deb yozmoqda Kun.uz.

Namangan viloyatining Chust tumani Damobod mahallasi hududida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Kun.uz manbasiga ko‘ra, voqea 25 yanvar kuni soat 6:30 larda ro‘y bergan.

Ma’lum qilinishicha, 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi Cobalt avtomilni yuqori tezlikda boshqarib ketayotgan vaqtda rulda uxlab qolgan va qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Isuzu avtobusi bilan to‘qnashgan. Oqibatda Cobalt haydovchisi hamda unda yo‘lovchi bo‘lgan 20 yoshli fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan.

Shuningdek, avtobusda bo‘lgan 5–6 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olgan. Qayd etilishicha, avtobus mahalliy aholini Chust tumanida joylashgan temirni qayta ishlash sexiga olib ketayotgan bo‘lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oq uyda Melaniya Tramp haqidagi hujjatli filmning yopiq premyerasi o'tkazildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:40

    Oq uyda Melaniya Tramp haqidagi hujjatli filmning yopiq premyerasi o'tkazildi.

    Oq uyda AQSh birinchi xonimi Melaniya Trampga bag'ishlangan "Melaniya" hujjatli filmning faqat yaqinlar uchun moʻljallangan oldindan namoyishi boʻlib oʻtdi.

    'Nipah virusi O‘zbekistonga tahdid soladimi?'ning rasmi

    Jamiyat 27.01.2026 14:10

    Nipah virusi O‘zbekistonga tahdid soladimi?

    Hindistonga safar rejalayotgan fuqarolarga ehtiyot choralari tavsiya etildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 27.01.2026 13:40

    ''ning rasmi

    Jamiyat 27.01.2026 12:38

    'Patrik Dorgu jarohat tufayli 10 hafta maydondan chetlanadi.'ning rasmi

    Jamiyat 27.01.2026 12:05

    Patrik Dorgu jarohat tufayli 10 hafta maydondan chetlanadi.

    "Manchester Yunayted" qanot himoyachisi Patrik Dorju son orqa mushagi jarohati sabab 10 haftaga maydonga tusha olmaydi.