AsosiyJamiyat

Andijonda yashirin narkolaboratoriya aniqlandi

DHX, Bojxona va IIO hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlangan xonadon fosh etildi.

'Andijonda yashirin narkolaboratoriya aniqlandi'ning rasmi

Giёҳvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Bojxona va Ichki ishlar organlari hamkorligida Asaka tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida 1988 yilda tug‘ilgan shaxsning yonidan nomsiz sprey idishdagi shubhali suyuqlik hamda ikki dona dori vositas aniqlandi, vaqtincha saqlovga olindi. Keyinchalik uning Xo‘jaobod tumanidagi xonadon ko‘zdan kechirilganda, ushbu manzilda narkolaboratoriya tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi.

Xonadondan sprey idishlardagi noma’lum suyuqliklar, oq rangli kukunsimon moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari hamda giёҳvandlik vositalari tayyorlashga mo‘ljallangan anjomlar ashyoviy dalil sifatida olindi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, musodara qilingan moddalar “Alfa PVP” sintetik giёҳvandlik vositas va “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi modda hisoblanadi.

Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar