- Yangi yil arafasida barchaga sevimli meva – mandarinlar dasturxonimizdan joy oladi. Xitoyda ushbu sitrus mevani tortiq qilish urfga kirgan bo`lib, aytishlaricha bunday sovg`a baxt va to`kinlik olib kelar ekan. Mandarin so`zi esa “oltin” degan ma`noni anglatadi.
- Mandarinlarni bozor rastaralaridan xarid qilishdan avval ularning nomi va navi bilan qiziqing. Sababi ba`zi turdagi mardarinlarni saqlash muddati 1 oydan oshsa, boshqalariniki bundan ham kam. “Klementin” deya nomlanadigan mandarin navi boshqalariga nisbatan eng uzoq vaqt buzilmasdan turadi. Xarid qilganda vazniga e`tibor bering. Sifatli mandarinlar vazni og`ir bo`ladi. Katta, po`stlog`i qattiq mandarinlar suvli va shirin bo`ladi.
- Mandarinni kuchli allergen mevalar qatoriga qo`shadiganlar qattiq yanglishishadi. Sababi tuxum, baliq, ikra, eryong`oq, krevetklar bu borada yanayam xavfliroqdir.
- Mandarinlar 3 yoshgacha bo`lgan go`daklarga tavsiya qilinmaydi. Xuddi shunday homiladorlik paytida ham bu mevani iste`mol qilmagan ma`qul, ayniqsa, homiladorlikning oxirgi oylarida.
- Dietologlarning fikricha, bu meva dunyodagi eng past kaloriyali mevalar turiga kiradi. 100 gr. yumshoq eti 42 kkal.ga ega. Bu esa bir dona bodring iste`mol qilganga teng.
- Ortiqcha vazndan xalos bo`lmoqchimisiz? Marhamat, mandarin iste`mol qiling. Uning tarkibidagi vitaminlar moddalar almashinuvini yaxshilab, ortiqcha yog`larni parchalaydi, yurakni mustahkamlaydi.
- Mardarinlar oshqozon faoliyatini yaxshilovchi pektinlarga ham boydir. Kuniga iste`mol qilingan 2-3 dona mandarin immunitetni mustahamlab, shamollashning oldini oladi.
- Bu sitrus meva tarkibida suyak va tishlarni mustahkamlovchi kalsiy hamda fosfor, asabni tinchlantiruvchi magniy, yurak va buyrakni mustahkamlovchi kaliy mavjud.
22.12.2016 15:01