AsosiyJamiyat

Putin Suriya yetakchisini hududiy yaxlitlikni tiklayotgani bilan tabrikladi

Москвада ўтаётган Россия–Сурия учрашувида ўзаро ҳамкорлик ва ҳарбий масалалар муҳокама қилинмоқда.

'Putin Suriya yetakchisini hududiy yaxlitlikni tiklayotgani bilan tabrikladi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28 yanvar kuni Kreml saroyida Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuv o‘tkazib, uni mamlakat hududiy yaxlitligini tiklash yo‘lidagi ijobiy siljishlar bilan tabrikladi. Putin Suriya hududlarini qayta birlashtirish jarayoni jadallashayotganini qayd etib, Rossiya usbu yo‘nalishda Damashqni doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotganini ta’kidladi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.

"Biz Suriya hududiy yaxlitligini tiklash bo‘yicha olib borayotgan sa’y-harakatlaringizni diqqat bilan kuzatib kelmoqdamiz. Bu jarayon tobora tezlashayotganini ko‘rib, sizni tabriklamoqchiman", dedi Putin. U Rossiya Suriya suvereniteti va hududiy yaxlitligini tiklash tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Putin so‘nggi vaqtlarda savdo-iqtisodiy aloqalar "o‘lik nuqtadan siljiganini" va o‘sish qariyb 4 foizni tashkil etganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich kutilgan darajada katta bo‘lmasa-da, ijobiy tendensiyani saqlab qolish muhim.

Shu kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va ash-Sharaa Rossiya qurolli kuchlarining Suriyadagi mavjudligi bilan bog‘liq masalalarni ham muhokama qilishini ma’lum qildi. Ahmad ash-Sharaaning bu Moskvaga so‘nggi to‘rt oy ichidagi ikkinchi tashrifi bo‘lib, avvalgi safar 2025 yil oktyabr oyida amalga oshirilgan edi.

    Boshqa yangiliklar