AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda universitetga kirishda B1 darajali sertifikatga ham imtiyoz beriladi

Chet tili 1-fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarga qabul qilish tartibiga o‘zgartirish kiritildi.

'Oʻzbekistonda universitetga kirishda B1 darajali sertifikatga ham imtiyoz beriladi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul endilikda chet tilini bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lgan yo‘nalishlarga qabul jarayonida sertifikatga ega abiturientlarga quyidagi tartibda ball beriladi: — B1 darajadagi sertifikat uchun mazkur fan bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 75 foizi; — B2 va undan yuqori daraja uchun esa fan bo‘yicha to‘liq maksimal ball beriladi.

Ma’lumot uchun, avval mazkur ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish faqat kamida B2 darajadagi sertifikat mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilar edi.

    Boshqa yangiliklar