AQSh Prezidenti Donald Trump Kuba mamlakatiidan milliy xavfsizlikka tahdid mavjudligi sabab favqulodda holat rejimini joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uy rasman ma’lum qildi.
Farmoniga muvofiq, Qo‘shma Shtatlar Kubaga neft etkazib berayotgan yoki bunday etkazib berishga bilvosita aloqador bo‘lgan davlatlardan import qilinadigan mahsulotlarga qo‘shimcha boj joriy etish huquqiga ega bo‘ladi.
Trump mazkur qarorni Kuba hukumatining AQSh manfaatlariga qarshi qaratilgan harakatlar olib borayotgani, shuningdek Rossiya, Xitoy, Eron hamda HAMAS va “Hizbulloh” kabi guruhlar bilan hamkorlik qilayotgani bilan izohlagan.
Nashrlar ma’lum qilishicha, Vashingtonda Kubaga neft etkazib berishni to‘liq to‘xtatish, jumladan harbiy-dengiz blokadasi joriy etish imkoniyatlari ham muhokama qilinmoqda.






